Buxoro yangiliklari
Vobkentdagi uyga kirgan oʻgʻrini barmoq izlari fosh qildi
Joriy yilning 9-oktabridan 21-oktabrga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs Vobkent tumanining “Panob” mahallasida yashovchi fuqaroning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, oshxonadagi javon ichida bo‘lgan 1 700 000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan.
Ushbu holat yuzasidan IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor tergov harakatlari olib boshlab yuboriladi.
Tergov davomida esa voqea joyidan olingan barcha qo‘l barmoq izlari yuzasidan kriminalistik tadqiqotlar olib boriladi. Natijada voqea joyidan olingan hamda uy egalariga tegishli bo‘lmagan xonadondagi oshxonaga kirish eshigi ichki romidagi barmoq izlari IIB Ekspert kriminalistika guruhi xulosasiga koʻra, Vobkent tumani “Panob” mahallasi Xurram qishlog‘ida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan B. B. ismli shaxsning chap qo‘l bosh barmog‘idan qoldirilganligi aniqlangan.
Shundan so‘ng, B. B. bilan jinoyat ishida gumon qilinuvchi sifatida olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida uning mazkur jinoyatni sodir etganligi to‘la isbotini topib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirgi kunda ayblanuvchi B. B. ning viloyatimiz hududlarida xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi