O‘zbekiston

Oliygoh uchun toʻlov-kontrakt pulini toʻlash muddati oʻqish kursidan qatʼiy nazar barcha talabalar uchun bir xilmi?

photo 16 1

Loading

Yaqinda ayrim toifa talabalar uchun to‘lov-kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirilgani ma’lum qilindi. Shu xabardan so‘ng, “Bu kimlar uchun?” degan savollar ko‘paydi. Quyidagi bu savolga javob beramiz:

1-kurs talabalari (bakalavr va magistr):
— kontraktning 25% ini 10-dekabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha to‘lashi kerak;

1-kursda super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar:
— super-kontraktning 50% ini 10-dekabrgacha to‘lashi kerak;

Davlat OTMga o‘qishini tiklagan talabalar (nechanchi kursligidan qat’iy nazar):
— kontraktning 25% ini 10-dekabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha to‘lashi kerak;

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishini ko‘chirgan talabalar (nechanchi kursligidan qat’iy nazar):
— kontraktning 25% ini 10-dekabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha to‘lashi kerak;

Xorijiy (filiallar) va nodavlat OTMlardan davlat OTMga o‘qishini ko‘chirgan talabalar (nechanchi kursligidan qat’iy nazar):
— kontraktning 50% ini 10-dekabrgacha to‘lashi kerak;

2, 3, 4 va undan yuqori kurs talabalari:
— kontraktning 25% ini 1-oktabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha to‘lashi kerak edi.

Eslatma: yuqori kurs talabalariga kontrakt to‘lash muddatini uzaytirishni OTM rektorining (filial direktori) o‘zi hal qiladi. Shu sababli, turli oliygohlarda muddat turlicha bo‘lishi mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.