Islom
Rasululloh s. a. v.: “Agar namozga azon aytilsa, Shayton orqasidan yel chiqqan holatda orqaga qochadi”
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar namozga azon aytilsa, Shayton orqasidan yel chiqqan holatda orqaga qochadi. Toki, azon eshitilmaydigan joygacha (boradi). Agar azon tugasa (shayton) yaqinlashadi, agar namozga takbir aytilsa, (shayton yana) orqaga qochadi. Hattoki, (namoz o‘quvchi) kishi va o‘zi o‘rtasida xatar paydo bo‘ladi”, –deb marhamat qiladilar.
Hofiz ibn Hajar al-Asqaloniy (rahmatullohi alayh) o‘zlarining “Fathul Boriy” kitoblarida: “Shaytonning Qur’on va namozdagi zikrlarni eshitishdan boshqa – azon va takbirda tumtaraqay bo‘lib qochishining hikmati: “Qiyomat kunida muazzinga guvohlik bo‘lmasligi uchun” – deb aytiladi. Chunki, “Muazzin uchun jin va inson Qiyomat kunida guvoh bo‘ladilar” – deb keltiradilar”.
Xulosa, bir o‘lkada azon tovushi yangrab turar ekan, u hududda shaytonning yomonligi va uning vasvasasi, insonlarning o‘rtasidagi fitna, poraxo‘rlik va tushunmovchiliklar, o‘z joniga qasd qilish (suiqasd), yoshlarning o‘rtasida avj olib borayotgan muammolar, jinlarning insonlarga tegishi, sehr-jodu va issiq-sovuq amallar hamda shu kabi turli zararli illatlar kamayadi.
Muallif: Kamoliddin Niyozov, Buxoro shahridagi “Xo’ja Tabband” jome’ masjidi imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi