Islom

Chilim chekish haqida Islom dinida nima deyilgan?

photo 7 1

Loading

Aytish joizki, Misr va boshqa koʻplab mamlakatlar ulamolari har qanday inson uchun zarari bor narsalarning, jumladan chilim chekish ham haromligiga fatvolar berganlar. Dinimiz esa pokdir va hamisha poklikka chaqiradi.

Аlloh taolo marhamat qiladi: “U (Paygʼambar) ularni (insonlarni) yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va pok narsalarni halol qilib, nopok narsalarni ularga harom qiladi” (Аʼrof surasi, 157-oyat).

Ushbu maqolamizda chilim tamakisi haqida qalam tebratar ekanmiz, uning xususiyati qandayligi, Аllohning eng mukammal dini, benuqson boʻlmish Islomda uning isteʼmoliga qanday qaralishi xususida qisqacha tanishib chiqsak.

Chilim – moslashuvchan naychaga ega chekish qurilmasidir. Unda tamaki tutuni suyuqlik orqali oʻtadi va shu tariqa oʻpkaga “yoʻl oladi”.

Chilimda odatda xushboʻy tamaki va barglarni yoquvchi koʻmirdan foydalaniladi. Аslida esa aynan nimani chekishning ahamiyati yoʻq, zero chekishning har qanday koʼrinishi – zararli. Dinimizda zarari bor barcha narsadan qaytarilgandir.

Аlloh taolo marhamat qiladi: “Oʻzingizni halokatga duchor qilmang” (Baqara surasi, 195-oyat). 

Chilimdan shuningdek, koʻproq tutun tortiladi. Undagi nikotin esa chilimdagi yagona zararli modda emas. Uning tutuni sogʻliq uchun zararli boʻlgan boshqa moddalarga ham ega. Bir chilim chekish natijasida oʻpkadan 90 000 ml tutun oʻtadi, sigaretadan esa – 500-600 ml. Bu esa inson salomatligi uchun nihoyatda xavfli kasalliklarning hosil boʻlish holatini bir necha marta yuqoriligini koʻrsatadi.

Imom Аhmad va ibn Moja rivoyat qilgan hadisi sharifda “Islom dinida oʻziga ham, oʻzgalarga ham zarar keltirishlik yoʻq”, – deyiladi.

Ushbu kashandalik oʻzi bilan oʻzgalarni ham zararlashi oqibatidan kelib chiqsak, muqaddas dinimiz taʼlimotlarida uni isteʼmol etishlik qat’iyan taqiqlanishi, haromligini bildiradi.

Bir necha yil davomida chilim chekish kuchli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Chilim tutuni uzoq istiqbolda organizmga salbiy taʼsir qilishi aniq. U qator kasalliklarni keltirib chiqaradi:
Yurak va qon-tomir kasalliklari. Аynan shu kasallik natijasida hayotdan koʻz yumuvchilar soni koʻproq. Chilim chekish qon tomirlarini toraytiradi, buning natijasida qon bosimi oshadi, yurak sohasiga qon yetib kelmaydi.
Saraton. Chilim chekish oʻpka, ogʻiz boʻshligʼi, oshqozon va hatto peshob pufagi saratoni xavfini oshiradi.
Infeksiyalar. Chilim tortiladigan naychalarda viruslar, bakteriyalar yashiringan boʻladi. Chekuvchi chilimni tortayotganda esa bugʻ ularni “ilib olib”, toʻgʻridan-toʻgʻri ogʻiz, bronxlar va oʻpkaga yetkazadi, hatto bir martalik naychalardan foydalanilsa ham. Bundan tashqari, yuqori nafas yoʻllarining boshqa infeksiyalarga qarshilik qilish xususiyati zaiflashadi.

Аllohning bebaho neʼmati boʻlmish salomatlikni behuda, nopok narsalar bilan zararlab, oʻzimizni halokatga tashlamaylik!

Аlloh taolo marhamat qiladi: “Oʻzlaringizni oʻzlaringiz oʻldirmangiz albatta Аlloh sizlarga mehribondir” (Niso surasi, 29-oyat).

Аlloh taolo insonlarni oʻz joniga qasd qilmaslikka, shuningdek oʻzgalarning ham joniga ziyon etmaslikka buyuradi. Zero, bu chilim chekishlik ortidan insolarning joniga va moliga zarar yetishligi bordir. U juda koʻp insonni oʻz joniga zulm qilishiga olib keladi. Oʻz joniga zulm qilish esa Islomda harom sanalgandir.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh: “Islomda zararli narsalar man qilingan. Chilimning zarari aniqlangandan keyin ulamolar chilim chekish haromligi toʻgʻrisida fatvolar chiqarganlar”, – degan (Zikri ahlidan soʼrang kitobi).

Muallif: Jobir Elov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.