Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi 4-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi butun sinfni kaltakladi

photo 2 7

Loading

Bugun, 15-noyabr kuni Buxoro shahridagi 4-maktab o‘qituvchisi sinf xonasida uy vazifasini bajarmagan o‘quvchilarning deyarli barchasini kaltaklagani aks etgan videokuzatuv yozuvlaridan olingan tasvirlar tarqaldi.

Holat videosini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev oʻzining sahifasida e’lon qildi.

Videoda yoshi katta ayol partalar orasida yurib, o‘quvchilarning uy vazifasini tekshirganini ko‘rish mumkin. Oʻqituvchi bolalar vazifani bajarganidan ko‘ngli to‘lmagani uchun quloqlaridan tortgan va boʻyniga, yuziga urgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, kaltaklangan oʻquvchilar orasida qizlar ham boʻlgan.

«O‘qituvchi M. Vohidova ekan. O‘quvchilarning tana a’zolari ko‘kargan, quloqlari yirtilgan holda o‘qishmoqda. Bolalarni urib dars o‘tish mumkinmi? Xalq ta’limi vazirligi va boshqa idoralar buni nazoratga olishlarini so‘raymiz», — deb yozdi deputat Rasul Kusherbayev.

Biroz oʻtib, Buxoro viloyati IIB mazkur voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, videodagi holat Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tegishli tartibda qayddan o‘tkazilgan bo‘lib, hozirda kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda oʻz pedagogik faoliyatini bajarishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yganligi uchun ushbu maktab o‘qituvchisi o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan.

Holat esa Buxoro viloyatida favqulodda vaziyat sifatida baholanib, shu kunning o‘zida viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev rahbarligida xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari, maktablar direktorlari ishtirokida ZOOM orqali yig‘ilish o‘tkazilib, keng muhokama qilindi. O‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini oshirish va bunday xunuk holatlarning oldini olish borasida qat’iy topshiriqlar berildi.

Hozirda holat bo‘yicha o‘rganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.