O‘zbekiston
Tursinxan Xudoyberganov Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, T. Xudoyberganov mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimini saqlab qoldi.
Xudoybergenov biografiyasi haqida toʻxtaladigan boʻlsak, ochiq maʼlumotlar bazasiga asosan, 1951-yilning 20-may kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tugʻilgan. Millati — qozoq. Maʼlumoti — oliy, 1974-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini, 1982-yilda — sobiq ittifoqdagi IIV Akademiyasini tamomlagan. Hozirda general-mayor harbiy unvoniga ega.
Mehnat faoliyatini 1974-yilda IIV ning turli lavozimlarda boshlab, 1997-yilda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida 3 yil ishlagan. Soʻngra Prezident qarori bilan 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.
Bundan 5 yil oʻtib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida koʻrinish bergan T. Xudoyberganov koʻp oʻtmay xuddi shu yili Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i sifatida 4 yil xizmat qilgan.
Munosib xizmatlari uchun 2016-yilda T. Xudoyberganov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ish boshlaydi va 2 yil oʻtib Oʻzbekiston Prezidentining Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi lavozimiga koʻtariladi.
2018-yilda yana O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri boʻlgan T. Xudoyberganov koʻp oʻtmay Shavkat Mirziyoyev tomonidan Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlanib, shu kunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi