O‘zbekiston

Muhim! “Elektr toki 1 soatdan koʻp uzib qoʻyilsa, masʼullarga chora koʻriladi” – Energetika vaziri oʻrinbosari

photo 5 3

Loading

Ayni damda Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida “Iste’molchilarni kuz-qish mavsumida energiya resurslari bilan to‘laqonli ta’minlash va bu boradagi muammolar, oldinda turgan dolzarb vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Facebook orqali toʻgʻridan-toʻgʻri uzatilayotgan efir davomida elektr ta’minotidagi uzilishlar 1 soatdan oshgan hududlarda mas’ullarga chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, u davom tez kunda cheklovlar masalasi 80% ga hal etilishi haqida ham gapirdi.

«Buning uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi eksporti to‘xtatildi. Tashqi import 20% ga oshirildi. Bugungi kundagi uzilishlar 8-10 soatlab tokni o‘chirishga sabab bo‘lolmaydi. Qaysi hududlarda elektr energiyasidagi uzilishlar yarim yoki 1 soatdan oshib ketayotgan bo‘lsa, buning sabablarini o‘rganamiz. Agar bunda inson omili mavjud bo‘lsa, mas’ullarga chora ko‘riladi», — deya qayd etdi Enegetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xoʻjayev.
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.