Jahon

Moskva va Sankt-Peterburg aeroportlarida terrorchilik hujum tahdidi eʼlon qilinmoqda

photo 16 2

Loading

Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg aeroportlarida birinchi marta terrorchilik hujumlari tahdidining maksimal darajasi joriy etildi. Bu haqda “Izvestiya” nashri “Rostransnadzor” xatiga tayanib xabar bermoqda.

«10-noyabrdan boshlab aeroportlar uchun transport kompleksi faoliyatiga terroristik xususiyatga ega boʻlgan, 3-sonli xavfsizlik darajasiga toʻgʻri keladigan noqonuniy aralashish harakati sodir etish bilan bevosita tahdid qilish darajasi belgilandi. Rossiyada transport vositalari uchun xavfsizlikning uch darajasi hukumatning 2344-sonli qarori bilan belgilanadi», – deyiladi Rossiya Federatsiyasi Markaziy Federal okrugi davlat aviatsiya nazorati va transport xavfsizligini nazorat qilish departamenti rahbari vazifasini bajaruvchi Irakliy Meladze tomonidan imzolangan maktubda.

Unga koʻra, birinchi daraja doimiy, ikkinchi yoki uchinchi daraja 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatga oʻrnatilishi mumkin. Moskva aeroportlari va Pulkovodagi xavfsizlikning uchinchi darajasi 25-noyabrdan keyin uzaytirilishi kutilmoqda.

“Rostransnadzor” ning maktubida aviakompaniyalarga tahdidning maksimal darajasiga mos keladigan qooʻshimcha xavfsizlik choralarini koʻrish zarurligi haqida xabar berilgan.

Aviakompaniyalar ekipajlariga, xususan, tashish uchun begona odamlardan har qanday paket va buyumlarni qabul qilish taqiqlangan. “Sheremetyevo” aeroportida oktabr oyi oxirida hudud boʻylab qoʻshimcha beton bloklar oʻrnatish boshlangan, aeroport rejimini nazorat qiluvchi qoʻriqchilarga “dubinka” lar berilgan. “Pulkovo” aeroportida yoʻlovchilar samoliyotga chiqishda metall detektorlari bilan tekshirila boshlangan.

Maʻlumot uchun, Rossiyada har bir xavfsizlik darajasi boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hukumatning 1605-sonli qarori bilan belgilanadi. Maksimal xavf darajasini eʼlon qilganda, aeroportlar, masalan, tezkor javob berish guruhlari va transport xavfsizlik kuchlari sonini koʻpaytirishi, qoidabuzarlarni aniqlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrishi, bir martalik ruxsatnomasi boʻlgan odamlarning transport sektori hududiga kirishiga yoʻl qoʻymasliklari va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.