Jahon
Turkiyadagi portlashda 17 ta terrorist ushlandi, 29 kishi deportga tushdi
Turkiya sudi Istanbulning Istiqlol koʻchasida sodir etilgan hujumga aloqadorlikda gumonlangan 17 nafar gumonlanuvchini hibsga oldi, – deya xabar bermoqda “Associated Press” axborot agentligi.
Maʼlumotlariga koʻra, qoʻlga olinganlar davlat birligi va yaxlitligini buzish, qasddan odam oʻldirish va suiqasdda ayblanmoqda. Sud shuningdek, hujumga aloqadorlikda ayblanib, politsiya tomonidan hibsga olingan 29 kishini Turkiyadan deportatsiya qilishga qaror qildi.
Avvalroq, Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Istanbul markazida terakt uyushtirish buyrugʻi Suriya shimolidagi Manbij shahridan olinganini maʼlum qilgan edi. Vazir, shuningdek, joriy yilda 18 ta xudkushlik hujumining oldi olinganini aytdi.
Bugun, 19-noyabr kuni «A Haber» telekanali Turkiya politsiyasi yana 8 kishini teraktga aloqadorlikda gumon qilib, qoʻlga olganligini eʼlon qildi.
Ular orasida terrorchilarga yordam berish va ularga boshpana berishda gumon qilinmoqda. Jumladan, hujumni sodir etgan Suriya fuqarosi Ahlam al-Bashirga Suriyadan Turkiyaga noqonuniy kirishiga yordam bergan.
Soʻnggi maʻlumotlarga koʻra, Istanbuldagi terakt ishiga qariyb 50 kishi aloqador ekani gumon qilinyapti.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 13-noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyoʻgʻli tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol koʻchasida kuchli portlash sodir boʻldi. Rasmiy maʻlumotlarga koʻra, portlash oqibatida 6 kishi halok boʻlgan, 100 yaqini jarohatlangan.
Jarohatlanganlarning 50 nafariga shu kunning oʻzida shifokorlar uyga ketishga ruxsat bergan, 31 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 5 nafarining ahvoli og’ir, 2 nafari oʻtar ogʻir ahvolda.
Terakt sodir etilganidan 10 soat oʻtib, teraktning ijrochisi – arab millatiga mansub ayol Ahlam Albashir Istanbul politsiyasi tomonidan qoʻlga olindi.
Tergov davomida u AQSh dan kelgan instruktorlar rahbarligida terrorchilik mashgʻulotlaridan oʻtganini tan olgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi