Salomatlik
Ertalab uygʻonish nega qiyinligi haqida oʻylab koʻrganmisiz?
“Yana 5 daqiqadan keyin uyg‘onaman” — bu jumla ko‘pchilikka tanish bo‘lishi shubhasiz. Ular uchun ertalab uyg‘onish mashaqqatli ish sanaladi. Quyida uning 5 ta jiddiy sababi bilan tanishtiramiz.
Ortiqcha ovqatlanish
Kechki ovqatga hazmi og‘ir taom va spirtli ichimliklar iste’mol qilish uyqu sifatiga yomon ta’sir qiladi. Bu esa ko‘pincha ertalab uyg‘onishning muammoga aylanishiga sabab bo‘ladi. Kechki ovqatlar tufayli organizm tunda dam olish va tiklanish o‘rniga ishlashga va ovqat hazm qilishga majbur bo‘ladi.
Kech uxlash
Uyquning sifati to‘g‘ridan to‘g‘ri vaqtga ham bog‘liq va uxlash uchun eng maqbul soatlar 21:00 dan 00:00 gacha. Qanchalik kech uyquga yotilsa, ertalab organizm shunchalik charchaydi.
Haddan tashqari ko‘p zo‘riqish
Ko‘pchilik sezmaydigan klassik sabab. Aqliy zo‘riqish, shuningdek, stress uyqu sifatini yomonlashtiradi, buning oldini olish uchun mutaxassislar tashvishga sabab bo‘ladigan fikrlardan chalg‘itishni, nafas olish mashqlarini bajarishni, giyohli choyi ichishni va xonaning havoni almashtirishni tavsiya qiladi.
Uyqu gigiyenasiga rioya qilmaslik
Uyqu gigiyenasiga rioya qilish natijasida tunda uxlash qulay, ertalab esa uyg‘onish oson bo‘ladi. Agar yarim tungacha serial tomosha qilish yoki shirinliklar bilan qahva ichib, telefonda vaqt o‘tkazishdan keyin ertalab vaqtida uyg‘ona olmaslikka hayron bo‘lmaslik kerak.
Bezovta oyoq sindromi
Oyoqlarning haddan tashqari faolligi uyqu sifatining yomonlashishiga olib keladi. Shish, uyqusizlik va tomir tortishishi qulayroq pozitsiyani izlashga majbur qiladi va shu sababli uyqudan behosdan cho‘chib uyg‘onish kuzatiladi.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi