Islom

Jannatning 8 ta darajasi borligi rostmi?

photo 38 1

Loading

Savol: Jannatning bir necha nomlari xususida eshitganman, Sizdan iltimos, jannatning nomlari haqida tushuncha bersangiz?

Javob: Ulamolar Qur’oni Karim oyatlariga asoslanib, jannatning 8 ta nomi (darajalari) bor deyishadi:

1. Firdavs jannati. «Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun Firdavs bog‘lari manzil bo‘lur» (Kahf, 107);

2. Adn jannati. «Alloh mo‘minlar va mo‘minalarga ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu yashaydigan Adn jannat (bog‘)laridagi pok maskanlarni va’da qildi. Allohning rizosi esa, (hammasidan) kattaroqdir. Ana shu (lar) ulkan yutuqdir» (Tavba, 72);

3. Ma’vo jannati. «Qasamki, (Muhammad Jabroilni) ikkinchi bor ko‘rdi. (Jannat) chekkasidagi Nilufar oldida. Ma’vo jannati ham o‘sha (Nilufar) ning oldidadir» (Najm, 13–15);

4. Na’im jannati. «Yana meni Na’im jannatining vorislaridan qilgin!» (Shuaro, 85);

5. Xuld jannati. «(Ey Muhammad, ularga) ayting: “Shu (do‘zax) yaxshiroqmi yoki taqvodorlarga va’da qilingan mangulik (Xuld) jannatimi?!” Ular uchun (bu) mukofot va natija bo‘lur edi» (Furqon, 15);

6. Qaror jannati. «Ey, qavmim, bu dunyo hayoti faqat bir (arzimas) matodir. Albatta, oxiratgina (mangu) barqarorlik diyoridir» (Gʻofir, 39);

7. Dorus Salom. «Ular uchun Parvardigorlari huzurida tinchlik diyori (jannat) bordir. Qilgan (solih) amallari sababli, U ularning do‘stidir» (An’om, 127);

8. Dorul Muqoma. «U O‘z fazli bilan bizlarni mangu turadigan diyorga tushirdiki, bu joyda bizlarga na mashaqqat yetar va na charchoq yetar» (Fotir, 35).

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.