Jahon

Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyaga “terrorchi davlat” sifatida qaramoqda

photo 40 1

Loading

Kecha, 21-noyabr kuni NATO ga aʻzo davlatlar Rossiya rejimini terrorchi deb tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani eʻlon qildi. Mazkur rezolyutsiyada keltirilishicha shuningdek, “Rossiyaning Ukrainaga boʻlgan tajovuzi bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish uchun maxsus xalqaro tribunal yaratish” ham talab qilinadi. Bu haqda Rossiyaning “Kommersant” nashri xabar qildi.

NATO ning Madriddagi yillik sessiyasi yakunlari boʻyicha qabul qilingan rezolyutsiya Ukrainaga qurol yetkazib berishni koʻpaytirish, Ukrainaning NATO ga qoʻshilishi boʻyicha aniq qadamlarni ishlab chiqish va Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun Rossiya Federatsiyasidan tovon undirish mexanizmini yaratishga chaqiradi.

Rezolyutsiyada Rossiya tomonidan qurol-yarogʻ nazorati boʻyicha majburiyatlarni buzish davom etayotgani hamda global qurol nazorati va yadroviy qurollarni tarqatmaslik rejimlarining yemirilishidan chuqur xavotir bildirilgan hamda Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish boʻyicha qabul qilib boʻlmaydigan tahdidlari qoralangan.

Shuningdek, bir necha yil oldin imzolangan “NATO – Rossiya taʻsis akti toʻgʻrisida” gi qonunni Kreml qoʻpol va koʻp marotaba buzganligini inobatga olgan holda, NATO kuchlarini joylashtirishni cheklovchi qoidalarini oʻz ichiga olgan ushbu hujjat haqiqiy emasligini aniq aytishga chaqiriladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.