Buxoro yangiliklari

Tojikiston mustaqil televideniyasi va “Istiqlol TV” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

photo 54 1

Loading

Joriy yilning 23-noyabr kuni Tojikiston Jurnalistlar ittifoqi delegasiyasining O‘zbekistonga 4 kunlik tashrifi boshlangan edi.

Dastlab mehmonlar tashrifning birinchi va ikkinchi kunlari poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rishdi, Oliy Majlis senati a’zolari bilan uchrashishdi, Milliy matbuot markaziga borishdi, “Zoʻr TV”, MTRK Mediyamarkazida bo‘lib, efir translyasiyasi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatishdi.

Tojikiston teleradiokanallari rahbarlari, markaziy nashrlar bosh muharrirlari, davlat muassasalari Axborot xizmatlari vakillaridan iborat delegatsiyasi a’zolari Buxoroga ham tashrif buyurishdi.

Qadim Buxoroning osori atiqalari ziyorati bilan boshlangan tashrif Buxoroning “Istiqlol TV” studiyasida davom etdi. Mehmonlar teleradiokompaniyada karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi doirasida teleradiokanal hududida yangi barpo etilgan “Do‘stlik bog‘i” da ko‘chat ekishdi.

Tashrifning muhim natijalaridan biri – Tojikiston mustaqil televideniyasi va “Istiqlol TV” teleradiokompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Tojik mediyasi vakillari “Istiqlol TV” teleradiokompaniyasi faoliyati, jurnalistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.