Jahon

Maxfiy kuzatuv

photo 76

Loading

AQSh maxfiy xizmati Ivanka Tramp va Barak Obamaning uylari yonidan kvartira ijaraga oldi

AQSh maxfiy xizmati Vashingtonda AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning qizi va kuyovi – Ivanka Tramp hamda Jared Kushnerning uyi yaqinida joylashgan kichik, bir xonali kvartirani ijaraga oldi, deb xabar qilmoqda CNN xizmat bilan tanish bo‘lgan manbaga tayanib.

Qayd etilishicha, ushbu kvartira sobiq prezident Barak Obama,  shuningdek, siyosiy arboblar va diplomatlar yashaydigan Kalorama hududida to‘xtash uchun zarur bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, ijaraga berilgan kvartira mahalliy agentlar tomonidan «dam olish xonasi» sifatida ishlatiladi.

“The Washington Post” gazetasining yozishicha, 2017 yil sentyabr oyidan beri AQSh federal hukumati binolarni oyiga 3000 dollarga ijaraga olgan, ammo hozirda ushbu miqdor 100.000 dollardan oshiqroqqa yetgan.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.