Buxoro yangiliklari

Milliy Gvardiya xodimlari “Gorgaz” da “paq-paqa” ni pullayotgan oʻsmirni qoʻlga tushirdi

photo 64 1

Loading

Joriy yilning 25-noyabr kuni soat 14:00 larda Milliy gvardiya Bojxona boshqarmasi xodimlari Buxoro shahri, Mustaqillik koʻchasidagi avtobekat oldida qora paketga solingan 8 blok “paq-paqa” (pirotexnika vositalari) ni sotmoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olishdi.

Fuqaro qoʻlidagi paket tekshirilganda uning ichida umumiy qiymati 960 000 soʻmlik 80 quti “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlangan va ashyoviy dalillar holislar ishtirokida belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv jarayonida ushbu fuqaro Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani, Geologlar koʻchasida yashovchi voyaga yetmagan Sh. A. ekanligi oydinlashdi.

Voyaga yetmagan Sh. A. ushbu pirotexnika vositalarini bir necha kun oldin Toshkent shahridagi “Qoʻyliq dehqon bozori” da notanish shaxsdan 400 000 soʻmga sotib olganligini tan oldi.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.