Buxoro yangiliklari

Nega bir guruh jinoyat qilishi mumkin boʻlgan IIB tomonidan qorakoʻlliklar ishga joylashtirildi?

photo 68 1

Loading

Kuni kecha Qorako‘l tumani IIB va Bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etilib, tuman IIB Probatsiya guruhi nazorati ostida bo‘lgan jinoyat sodir qilishga moyil vа jinoyat sodir qilish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi, – deya xabar bermoqda, – deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Shu kuni 4 nafar shaxs ishga joylashtirildi vа 6 nafariga korxona vа tashkilotlarga yo‘llanma berildi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa ushbu shaxslarni muqim daromad manbaiga ega boʻlib, mehnat qilishga boʻlgan ishtiyoqini oshirish, joniyat koʻchasiga kirmasligini taʼminlashdir.

Shuningdek ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish va tuzalish yo‘liga o‘tkazish maqsadida inspektor psixolog xodimlar tomonidan psixo-diagnostik trening va mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bunda, hisobda turgan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar olib borilib, ularning orzu-maqsadlari ro‘yobi va mavjud muammolar o‘rganildi.

Ularga kelgusida qayta jinoyat sodir qilmaslik va mamlakatimizda aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga doir tushuntirishlar berildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.