Hodisalar

Zo‘r TV da uzatilayotgan “Omadingizni bersin” o‘yini g‘oliblarini 2 mlrd ga “uxlatishdi” (-mi?)

photo 889

Loading

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekistondagi xususiy telekanallarining biri bo‘lgan Zo‘r TV da namoyish etilgan “Omadingizni bersin” o‘yinida qo‘lga kiritgan yutuqlarini olish imkoni bo‘lmayotgani haqida murojaatlar kelib tushgan.

O‘yinda ishtirok etgan bir nechta ishtirokchilar turli xil texnika, telefon va avtomobil ham yutib olishgan. Ammo, ko‘rsatuv suratga olinib bo‘lganidan so‘ng, teleo‘yin efirga uzatilgandan so‘ng 90 bank ish kuni ichida homiydan sovrinlar berilishi mumkinligini xabardor qilishgan.

Agentlik so‘rovi va o‘yin homiysi taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, namoyish etilgan ko‘rsatuvning jami 15 ta soni g‘oliblaridan faqat 1-, 2-, 3- va 12-sonlarida 1 nafardan ishtirokchi o‘z yutuqlarini qo‘lga kiritgan, xolos. Qolgan 55 ta ishtirokchi bugungi kungacha sovrinlarini kutishmoqda. Ta’kidlanishicha, teleo‘yinga ishtirok etish va sovrin yutish umidida respublikaning turli viloyatlaridan ishtirokchilar poytaxtga kelishgan.

Bugungi kunga kelib esa “Omadingizni bersin” teleo‘yini ishtirokchilarining umumiy yutuqlari 2 milliard so‘mni tashkil etadi.

O‘z navbatida, Agentlikning Maxsus komissiyasi tomonidan “MIA- MAA” MChJ ga nisbatan “Reklama to‘g‘risida” gi qonunning 6 va 21-moddalari talablari buzilganligi holati bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.