Buxoro yangiliklari
Buxoroning eski shahardagi qadimiy hammomlari haqida bilasizmi?
Bu hammomlardan XVI asrda qurilgan bo‘lib, 3 tasi bizning davrimizgacha buzilmay etib kelgan.
Ulardan Hammomi Bozori kord (erkaklar hammomi) va Hammomi Kunjak (ayollar hammomi) hali hamon xizmat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa, Hammomi Sarrofondan (erkaklar hammomi) bugungi kunda foydalanilmaydi.
Shu o‘rinda, hammomlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, hammomga choʻmilish, yuvinish va poklanish uchun qurilgan maxsus bino deb tarif berishimiz mumkin. Asosiy xonasida issiq sui va issiq havo (turk, fin, Rim hammomlarida), issiq suv va bugʻ (rus, tatar hammomlarida) taʼsirida yuviniladi. Ushbu maskanlarning inson salomatligida hammomlarning ahamiyati kattadir.
Sharq mamlakatlarida oʻziga xos meʼmoriy hammomlar qadimdan maʼlumdir. Yozma manbalar, arxeologiya maʼlumotlari X – XII asrlarda O‘rta Osiyo (Buxoro, Taroz, Niso va boshqa shaharlar) da hammomlar issiklikni saqlash maqsadida yerni chuqur qazib, deyarli yer ostida, yarim yer to‘la tarzida qurilganini ko‘rsatadi.
Buxoroda XVI asrda qurilgan Misgaron, Sarrofon hammomlari nomi ko‘pchillikka ma’lumdir. Arxitekturasi bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan bu hammomlarning yechinish xonasi, choy ichib hordiq chiqariladigan katta (yog‘och ustunli) xona, o‘rtada asosiy uqalash xonasi, uning atrofida yuviniladigan xonalar bo‘lib, ular katta va kichik gumbazlar bilan yopilgan.
Hammomlar g‘isht va tosh terib ishlangan hovuzak (bak) larda issiq va qaynoq suvlar, xonalar ostidan esa qaynoq havo bilan isitilgan. Xonalardan xonalarga o‘tilgan (xonalar ichkariga tomon tobora isiy borgan). Oqava suvlar uchun ariqchalar qazilgan, xushbo‘y moddalar va kul suv (ishqorli suv) uchun mo‘ljallangan hovuzchalar sirti suvga chidamli maxsus qorishmalar bilan qoplangan, devorlar ganch bilan suvalgan, sirli sopol parchinlar bilan bezatilgan.
Shuningdek, yurtimizning Shahrisabz, Qarshi, Xiva kabi shaharlarda qadimiy me‘moriy hammomlar saqlangan.
Wikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada XVI – XVII asrlarda qurilgan ulug‘vor hammomlari bor. Ularning ko‘pchiligi ayollar va erkaklar uchun 2 qismdan iborat simmetrik qilib qurilgan. Boyazid hammomi (1501-y.), me‘mor Xo‘ja Sinon loyihasi bilan qurilgan bo‘lsa, Chinnili (1545-y.) va Xaseki (1556-y.) hammomlari muhim jamoat binolari qatorida serhashamligi bilan diqqatni tortadi.
Zamonaviy hammomlarning turli-tuman shakllari mavjud; suzish basseynlari, dezinfeksiya kameralari, fizioterapiya uchun xonalari, vannali va dushli, alohida xonalari dushlardan iborat yozgi pavilyonlari bo‘lgan hammomlar shular jumlasidandir.
Kishi hammomda yuvinganida uning barcha organizmi ta‘sirlanadi. Issiq xonada badanning issiq chiqarishi qisman to‘xtaydi, uning harorati 38—39° gacha ko‘tariladi, organizmda oksidlanish jarayoni va moddalar almashinuvi kuchayadi. Badandan kuchli ter chiqishi tufayli organizmning moddalar almashinuvida hosil bo‘ladigan mahsulotlarning chiqib ketishi ham zo‘rayadi, buyrakning ishi yengillashadi. Issiq havo ta‘sirida esa teri kapillyar qon tomirlari kengayib, qon aylanishi yaxshilanadi.
Ammo yurak kasalligi, ateroskleroz, anevrizma, gipertoniya bilan og‘rigan kishilar, shuningdek, bolalarning issiqxona (bug‘xona) dan foydalanishlari yaramaydi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi