16.05.2021
    -
  • -
  • -
  • -
  • -
  • -
photo 82

 91 

Yog‘li va to‘yimli bu taom shu paytgacha unchalik foydali emas, deb kelinardi. Ammo uni me’yorida tanovul qilish nafaqat foydali, balki ko‘p kasalliklarga davo ham ekan (“AiF”, 2020 y. 53-son).

G‘arb mamlakatlariga tarqalgan bu taom endi inson salomatligi uchun eng zarur tansiq ovqatlar ro‘yxatining yuqori qatoridan joy olmoqda. “Xolodes” va uning sho‘rvasi go‘shtsiz suyakni 4 soatdan 78 soatgacha bir maromda qaynatish orqali tayyorlanadi. Shu vaqt davomida suyak va ilik tarkibidagi glyukozamin va xondroitin mazali quyuq sho‘rvaga aylanadi. Bu moddalar esa osteoartrit, artrit va “moyi” qochgan bo‘g‘in suyak kasalliklariga davo bo‘lish bilan birga o‘pka, yo‘g‘on ichak, shamollash, tomir xastaliklarining ham oldini oladi.

Yaqinda AQShda glyukozamin va xondroitin ustida olib borilgan tadqiqotlar yakuni o‘limga olib kelgan barcha sabablar 39 foizga, yurak-qon tomirlari kasalligi 65 foizga kamayganini isbotladi.

O‘tgan yili yozda Buyuk Britaniyada 500 ming kishi ustidan olib borilgan 9 yillik tadqiqotlar natijalari e’lon qilindi. Glyukozamin ularda umumiy o‘lim holatini 15 foiz, yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘limni 18 foiz, nafas olish organi kasalligini 27 foiz, rakni 6 foizga, ovqat hazm qilish tizimi xastaliklarini 26 foizga kamaytirgan.

Bundan tashqari, “xolodes” tarkibidagi ko‘p miqdordagi kollagen teri mayinligini ta’minlab, ajin hosil bo‘lishi, tirishishiga yo‘l qo‘ymaydi. Haftada bir martaga “xolodes” tanovul qilib turish qonda xolesterin miqdorini oshib ketishiga ham yo‘l qo‘ymaydi, deydi tadqiqotchilar.

T. Shomurodov tayyorladi

Manba

Fikr bildirish

• • • • • • • • • • • • • • • • • • • • •