Hodisalar

O‘zbek-qozoq chegarasida uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

photo 898

Loading

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston bilan chegaradosh Turkiston viloyatining Qozigurt bojxona postida kontrabanda va noqonuniy migratsiyani tashkil qilibm faoliyat yuritib kelgan bir necha shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda “Polisia.kz” nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ular bojxona postidagi sheriklari yordamida korrupsiya orqali “vositachilik xizmati” ko‘rsatish niqobi ostida soxta hujjatlar bilan moddiy tovarlarni noqonuniy olib kirishni muntazam ravishda amalga oshirib kelgan.

1 ta yuk mashinasining to‘siqsiz kirishi va chiqishi uchun tashilayotgan yukkiga qarab 200 000 tengegacha to‘lov undirilgan. Bu esa o‘z o‘rnida tovarlar narxining oshishiga ta’sir qilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu bojxona postidan kuniga 150 tagacha avtomobillar va yuk mashinalari o‘tkazilgan.

Shuningdek, qo‘lga olingan guruh a’zolari O‘zbekiston fuqarolarining davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishlari uchun jinoiy himoyani ta‘minlagan. Tezkor xodimlar ushbu tizimga aloqador jinoiy sxemani to‘liq aniqlashgan.

Jinoiy guruh a’zolari ushlangan uy va ofislarda tintuv o‘tkazilib, katta miqdordagi pul, o‘qotar qurollar, to‘langan pullar haqida ma’lumotlar daftarlari, chet el fuqarolarining pasportlari, maxsus texnika vositalari olib qo‘yilgan.

Ayni damda tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.