Maşhurlar

Hojiboy Tojiboyevning qizi Toshkentda xonanda yigit bilan turmushga chiqmasdan yashab yuribdimi?

photo 81 1

Loading

Hojiboy Tojiboyevning qizi xonanda yigit bilan yashab yurgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
Unga bu savolni kuzatuvchilari bergan.

Hojiboy Tojiboyevning qizi xonanda yigit bilan yashab yurgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Madina Tojiboyeva oʻzining Instagram sahifasida storisida kuzatuvchilari bilan savol-javob oʻtkazdi. Kuzatuvchilaridan biri Madina xonanda Islom Mansurov bilan birga yashab yurgani haqida shuningdek, ularning toʻyi qachon boʻlishi toʻgʻrisida savol berdi.

“– Oʻziz aytib turipsiz toʻy qachon deb, birga toʻydan oldin yashamasak kerak”, — deydi bloger.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq instabloger, aktrisa Madina Tojiboyeva “Omon-omon” koʻrsatuviga bergan intervyusida xonanda yigitga turmushga chiqayotganini maʼlum qildi.

Koʻrsatuvga “Uztim” jamoasi mehmon sifatida taklif qilingan. Shunda jamoadagi Islom Mansurov va Madina Tojiboyevalarning bir-birini sevishi ochiqlangan. Bu haqda juftlikning oʻzi aytgan. Ular boshida munosabatlarini eʼlon qilishni istamagan. Islom Mansurov hamkasbini ijtimoiy tarmoqlarda ilk bor koʻrganida yuragi jiz etganini taʼkidlagan. Shundan soʻng uning koʻnglini olish uchun harakat qilgan.

“– Biz boshida ommaga bildirmoqchimasdik. Shu yoshgacha, ishladim, oʻynab-kulib yurdim ammo sevgiga toʻxtalmagandim. Uydagilar ham uylanishim kerakligini aytardi. Madinani koʻrib, yurak bittada jiz etdi. Biz koʻrishib tanishmaganmiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishganmiz. Oʻsha payti shoshilib sevgi izhor qildim. Vaqt oʻtib, “Sen uchun Toshkentga boraman”, desam ishonmadi. Shu qiz uchun hamma ishimni tashlab keldim”, — deydi Islom Mansurov.

Madina Tojiboyeva Islom Mansurovga boshida rad javobini berganini aytdi. Keyinroq aktyor onasini sevgilisining uyiga joʻnatgan. Shunda ularning onasi bir-biriga yoqqan. Madina Tojiboyeva esa xonanda onasini sovchilikka joʻnatgach, uning niyati jiddiyligiga ishongan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.