Buxoro yangiliklari
Kriptovalyuta ishlash uchun 2,5 mlrd soʻmlik elektr energiyasi sarf qilgan romitanlik qoʻlga tushdi
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat IIB hamkorligida Romitan tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qoʻyildi.
Jumladan, kompyuter va boshqa texnik qurilmalarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan korxona rahbari mazkur tumanning cho‘l hududida joylashgan boshqa bir xususiy korxona binosini hamda fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponini ijaraga olgan. Soʻng ushbu binolarga mayning qurilmalari o‘rnatib, qonunga xilof ravishda yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga ulangan.
Tekshiruv davomida jami 9 turdagi 456 dona mayning qurilmalari va boshqa butlovchi elektr jihozlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xoʻsh, mayning oʻzi nima?
Mayning – bu blockchain tarmogʻidagi bloklarni kompyuter kuchidan foydalanib xeshlash, har bir xeshlagan blok uchun mukofot beriladi. Mukofot faqat birinchi xeshlagan odamga beriladi. hozirgi kunga kelib esa mayning qiluvchilar soni koʻpligi uchun, ular tezliklarini birlashtirib “Pool” larni tashkil qilishadi va mukofot puli har bir odamni qurilmasining kuchiga qarab teng taqsimlanadi.
Mayningni qanday usullari bor?
Asosan 3 xil uslubda mayning qilinadi. Kompyuterning CPU sidan foydalanib, GPU sidan foydalanib va alohida mayning uchun ishlab chiqarilayotkan ASIC lardan foydalanib. Ular qaysi kriptovalyutani mayning qilishingizga bogʻliq. Chunki, har bir kriptovalyutani xeshlash algoritmi bor va u algoritm har xil qurilmalarni talab qiladi. Shuningdek, qurilmalar soniga qarab, mayning qilish juda koʻp miqdorda elektr energiyasini sarflaydi.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda mavjud qonunchilikka muvofiq, bunday fermalar tashkil qilish uchun maxsus litsenziya olgan yuridik shaxslarga ruxsat beriladi. Ushbu fermada elektr tokining quyosh panellaridan olish majburiy qilib belgilangan. Odatiy elektr tarmogʻidan foylanmoqchi boʻlsangiz, ferma uchun maxsus yuqori narxlardagi tarif amal qiladi.
“O‘zenergoinspeksiya” DUK ning Buxoro viloyat hududiy bo‘limi va Romitan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xulosasiga ko‘ra, elektrdan noqonuniy foydalanish natijasida ushbu mayning ferma tomonidan davlatga 2 mlrd 530 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi