Buxoro yangiliklari

Buxoroda avtobuslar harakati keskin kelgan sovuq ob-havo tufayli toʻxtatiladimi?

photo 96 1 scaled

Loading

Barchaga ma’lumki, sovuq ob-havo sharoitida siqilgan gaz quyish shahobchalari faoliyatida cheklovlar joriy etilayotgani munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro jamoat transportlari harakati to‘xtalishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Buxoro viloyati transport boshqarmasi ushbu fikrlarga munosabat bildirdi. Jumladan, tashkilot tomonidan jamoat transportlarining uzluksiz harakatini ta’minlash uchun gaz to‘ldirish shahobchalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilganligini eʼlon qildi.

Shuningdek, mazkur masala kuni kecha Buxoro viloyati hokimi boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham muhokama qilinib, mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yo‘lovchi tashuvchi korxonalar tomonidan gaz to‘ldirish uchun ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomaga asosan, avtobuslarning siqilgan gaz yoqilg‘isi bilan ta’minlanishi hamda transportlarning to‘liq harakatlanishi uchun boshqarma xodimlarining erta tongdan nazorat olib borishi yo‘lga qo‘yilgan boʻlib, jamoat transporti harakati bir maromda davom ettiriladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.