Jahon

AQSh prezidenti: “Moskva bilan muloqotni boshlash kerak”

photo 905

Loading

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiya bilan muloqotni boshlash zarurligi haqida ishora qilmoqda. Bu haqda “Time” jurnalida xabar qilindi.

“Bayden kiyevlik hamkasbiga Putin bilan suhbatni boshlash vaqti kelganini sekin shama qildi”, — deyiladi xabarda.

Joriy yilning noyabr oyi boshida G‘arb OAV lari Ukrainani Rossiya bilan muloqotga undayotgani haqidagi xabarlaridan so‘ng Zelenskiy muzokaralarni boshlash shartlarini aytib o‘tgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya BMT Nizomiga hurmat qilishi, barcha yo‘qotishlar uchun tovon to‘lashi, har bir harbiy jinoyatchini jazolashi va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga kafolat berishi kerak.

U, shuningdek, Ukrainaning amaldagi prezidenti lavozimida turgan paytda Rossiya bilan muloqotga kirishmasligini aytgan.

Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Kiyev muzokaralar olib bora olmaydi va istamaydi. Shuning uchun Rossiyaning maqsadlariga maxsus harbiy operaеsiyani davom ettirish orqali erishiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.