Jahon

Germaniyada davlat to‘ntarishining oldini olishdi

photo 106 1

Loading

Germaniya politsiyasi davlat to‘ntarishiga tayyorlanayotgan guruhni qo‘lga oldi, – deya xabar bermoqda Lenta.ru. Guruh ekstremistlar, reyxsbyurgerlar hamda sobiq harbiylardan iborat boʻlgan.

Aniqlik kiritilishicha, kecha, 7-dekabr tongida 3 000 ga yaqin politsiyachi Germaniya bo‘ylab 130 ta uyda tintuv o‘tkazgan va 52 nafar gumonlanuvchidan 25 nafarini qo‘lga olgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida sobiq harbiy jinoyat sodir etganligi uchun hibsga olinadi. Shundan soʻng, u tergovda to‘ntarish tashkilotchilari haqida koʻrsatma bergan. Hukumat surishtiruviga ko‘ra, davlat to‘ntarishi tashkilotchilari sobiq politsiyachi va harbiylarni o‘ziga og‘dirib olishga uringan.

Eʼtiborlisi, gumonlanuvchilar orasida Royslar shajarasining 71 yoshli shahzodasi Genrih XIII ham bor. U va Germaniya qurolli kuchlari maxsus bo‘linmasining sobiq qo‘mondoni Ryudiger fon P. guruhga boshchilik qilganligi taxmin qilinmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.