Buxoro yangiliklari

Olot hokimi Nargiza Neʼmatova tuman dehqon bozorida boʻlib, xaridorlar fikri bilan qiziqdi

photo 108 1

Loading

Kuni kecha Olot tumani hokimi Nargiza Neʼmatova boshchiligida sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari Olot dehqon bozoridagi narx-navoni oʻrganib, oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini ko‘zdan kechirishdi.

Masʼul rahbarlar aholiga asosiy turdagi oziq-ovqat, un va non mahsulotlarini maqbul narxlarda taklif etish va bozorlarda xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlar ko‘lami tahlil qilindi.

Hokim tegishli rahbarlarga oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini yanada ko‘paytirish hamda narx-navolar sun’iy ravishda oshirilishining oldini olish bo‘yicha koʻrsatmalar berdi. Savdogar va xaridorlar bilan suhbatlashildi, ularni qiynab turgan muammolar ochiqlandi.

Shuki qayd etish kerakki, yaqinlashib kelayotgan bayram arafasida bozordagi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ortishi tabiiydir. Shu jihatni inobatga olib, bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarini tashkil etish borasida ham vazifalar belgilandi. Oʻrganishlar muntazam ravishda davom etishi taʼkidlandi.

Bunday tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad – oziq-ovqat xavfsizligini hamda bozorlardagi narxlarning barqarorligini ta’minlashdir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.