O‘zbekiston

Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari e’lon qilindi

photo 923

Loading

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimiz markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari e’lon qilindi.

Ma’lum bo’lishicha, 2022-yil 7-dekabr holatiga ko’ra, 1 litr o’simlik yog’ining eng qimmati 30 000 so‘m, 10 dona tuxum 17 000 so‘m, shakar 17 000 so‘mgacha kuzatilmoqda.

Quyida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini keltiramiz:

1. Suyakli mol go‘shti (1 kg): 48 000 so‘mdan – 78 000 so‘mgacha;

2. Qo‘y go‘shti (1 kg): 55 000 so‘mdan 91 000 so‘mgacha;

3. Kartoshka (1 kg): 3 000 so‘mdan 6 000 so‘mgacha;

4. Piyoz (1 kg): 2 500 so‘mdan 5 500 so‘mgacha;

5. Sabzi (1 kg): 1 500 so‘mdan 5 500 so‘mgacha;

6. Tuxum (10 dona): 10 000 so‘mdan 17 000 so‘mgacha;

7. Guruch (1 kg): 6000 so‘mdan 26 000 so‘mgacha;

8. O‘simlik yog‘i (1 l): 16 500 so‘mdan 30 000 so‘mgacha;

9. Shakar (1 kg): 11 000 so‘mdan 17 000 so‘mgacha.

Izoh: bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.