Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonlik marixuannachi qo‘lga olindi

photo 924

Loading

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlarining o‘zaro hamkorligida o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalarining savdosi bilan shu‘gullanib kelayotgan shaxslar qo‘lga olinmoqda.

Xususan, kuni kecha G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur hududda istiqomat qiluvchi oldindan kuzatuvga olingan fuqaro B. A. yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ekin ekish uchun mo‘ljallangan yer maydonida 43 tup “Kannabis” giyohvandlik o‘simligini parvarishlayotganligi hamda qariyb 1,5 kg quritilgan holdagi marixuanna giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganli ma‘lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.