Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrida 1 300 ish o‘rniga ega tikuv fabrikasi ochildi

photo 927

Loading

Buxoro shahrining Jo‘ybor ko‘chasi, 162-uyda joylashgan, 3,7 gektarni egallagan sobiq Ismoil Fozilov nomidagi trikotaj fabrikasi sifatida tanilgan mazkur korxona ishlab chiqarishdagi inqirozi tufayli parokandalikka yuz tutgan va oradan 20 yildan ortiq vaqt o‘tib bo‘sh va qarovsiz, tashlandiq holga kelgandi. Uning bo‘sh turgan bino-inshootlari viloyat yengil sanoat tarmog‘iga sarmoya kiritib, Vobkent va Shofirkon tumanlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “G‘ayrat Chodak” subyektiga 18 oy davomida $8 000 000 miqdorida investitsiya kiritish va dastlabki bosqichda 750 ta yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida berilgan.

“G‘ayrat Chodak” MChJ tomonidan qiymati $10 000 000 ga teng bo‘lgan loyihasi amalga oshirilishi, shuningdek, to‘quv, bo‘yoq va tikuv fabrikasi yaxlit faoliyat ko‘rsatishi hisobiga 1 300 dan ortiq kishini ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarish faoliyatini barqaror izga solish kutilmoqda. Ajratilgan sarmoyaning $6 500 000 “Xalq banki” viloyat filialiga tegishli bo‘lib, 3 000 000 tadbirkorning shaxsiy mablag‘i hisoblanadi. Loyiha esa jinsi matosidan tayyor tikuvchilik mahsulotlari va sport oyoq kiyimlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, 3 000 000 donaga yaqin mahsulot chiqaradi.

photo 02 293

Bugun, 10-dekabr kuni mazkur korxonaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, – deya xabar berdi Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etish kerakki, tikish-bichish, loyihalash sexlari, ombor, ishchilar uchun dam olish xonalari, oshxona va boshqa bo‘limlar zamonaviy ko‘rinishda va talab darajasida jihozlangan. Ayni kunda 300 dan oshiq chevarni o‘zida jamlagan tikish sexi pavilyonida esa mehnat jamoalari uchun maxsus korjomalar, shuningdek, jinsi matosidan shim va keng assortimentdagi kiyim-kechak buyurtma asosida peshma-pesh tikib tayyorlanmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.