Buxoro yangiliklari

Matbuot kotibi Qorako‘l tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

photo 950

Loading

Muxtorov Rabbonaqul Qurbonboy o‘g‘li Qorako‘l tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqida Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Nomzod Xalq deputatlari Qorako‘l tuman Kengashining navbatdagi 64-sessiyasida deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Tayinlovga qadar R. Muxtorov tuman hokimining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Oilali, 2 nafar farzandi bor.

U 2014-yilda O‘zbekiston milliy universitetining “Jurnalistika” fakultetini tamomlagan. Ayni paytda “Kelajak liderlari” klubi a’zosi hisoblanadi.

Rabbonaqul Qurbonboy o‘g‘lining keyingi faoliyati, aholining kundalik muammolarini hal qilish yo‘lidagi ishlariga ulkan zafar hamda kuch-quvvat tilab qolamiz. Zero, prezident Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, doimo insonlar tashvishi va muammolarini o‘ylab yashash – har qanday rahbar uchun muqaddas vazifa bo‘lishi shart.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.