Buxoro yangiliklari
Romitanda kaptar ovchilari va qamish olib ketayotgan shaxs jazolandi
Joriy yilning 13-dekabr kuni Romitan hududida o‘tkazilgan 2 ta nazorat tezkor reyd tadbiri davomida tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi inspektorlari tomonidan bir necha fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qonunbuzarliklar aniqlandi.
Xususan, kabutar qushlarini ovlab, tabiatga ziyon yetkazgan 2 nafar shaxslar tomonidan ovchilik qoidalarini buzganlik holatlari aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 90-moddasi, 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ikkinchi holatda esa xuddi shu kungi reyd tadbiri davom ettirilib, noʼmalum shaxs yuk mashinasida juda koʻp miqdorda hamda hech qanday ruxsatnomasiz qamish o‘simligini olib ketayotganligi aniqlandi.
Surishtiruv jarayonida ushbu shaxs Romitan tumanida yashovchi fuqaro M. X. boʻlib chiqdi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 79 1 moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 900 000 so‘m jarima hamda 90 000 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi