Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda “nasos” bilan gaz tortgan novvoyxona va oshxona egalari jazolandi

photo 957

Loading

Kuni kecha G‘ijduvon tumanida IIB va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida bir nechta tabiiy gaz quvurlariga noqonuniy ulanish, qo‘shimcha gaz so‘ruvchi elektr dvigatellarini o‘rnatish kabi qonunbuzarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Jumladan, olingan tezkor ma’lumotlar asosida tumanning “Zarangari” hamda “Bo‘lakiyon” mahallalarida yashovchi fuqarolarning yashash xonadonlari ko‘zdan kechirilib, 2 ta holatda tabiiy gaz quvuriga noqonuniy tarzda gaz so‘ruvchi elektr dvigatelini o‘rnatib foydalanib kelayotgan fuqarolarning huquqbuzarliklari aniqlangan. Xususan, novvoyxona va umumiy ovqatlanish oshxonasida noqonuniy o‘rnatilgan gaz tortish uskunlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

photo 02 306

Mazkur holatlar bo‘yicha tuman IIB hamda “G‘ijduvongaz” filiali xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy gaz so‘rg‘ichdan foydalangan fuqarolarga qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.