Jahon

Hindistonda 40 kishi alkogoldan vafot etdi

photo 977

Loading

Hindistonning Bixar shtatida qalbaki spirtli ichimlik isteʼmol qilish oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Bir necha kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan.

O‘z navbatida, shtat maʼmuriyati aholini hushyor bo‘lishga, qalbaki spirtli ichimliklar xarid qilmaslikka chaqirdi. Shuningdek, spirtli ichimlik ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni topish zarurligini taʼkidladi. Oradan ko‘p o‘tmay, tuman maʼmuriyati zarar ko‘rgan qishloqlarni kezib, noqonuniy mahsulot ishlab chiqargan shaxslarni topish harakatini boshladi.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, o‘tgan yili shtatda 100 ga yaqin odam sifatsiz spirtli ichimliklar isteʼmol qilish oqibatida vafot etgan.

Hindiston rasmiylari alkogol isteʼmolini og‘ir soliqlar, yaʼni 70 foizgacha yoki uni sotishga cheklovlar qo‘yish orqali kamaytirishga harakat qilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.