Salomatlik

Yangi yil dasturxoni uchun Olivye salatining 4 xil noodatiy retsepti

photo 978

Loading

Ko‘pchilik Yangi yil dasturxonini olivye salatisiz tasavvur qila olmaydi. Salatni turli mahsulotlardan, o‘zingizga yoqqan uslubda tayyorlashingiz mumkin.

Tovuq go‘shti va olma qo‘shib tayyorlanadigan olivye retsepti

photo 01 185

Kerakli masalliqlar:
tovuq go‘shti — 300 gr;
sabzi — 1 dona;
tuxum — 4 dona;
tuzlangan bodring — 2 dona;
bodring— 2 dona;
konservalangan no‘xat — 1 dona;
nordon olma — 1 dona;
limon— 1 dona;
smetana — 100 gr;
mayonez – 70 gr;
shakar — 1 qoshiq;
tuz — ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanishi: Tuzlangan va yangi uzilgan bodringni maydalab oling. Konservalangan yashil no‘xatdagi suyuqlikni to‘kib tashlang. Go‘sht, sabzi, tuxumni qaynatib oling va kub shaklida kesing. Olmaning po‘stlog‘ini olib tashlang va uni ham kub shaklida kesib oling. Yarimta limon sharbatini shakar, mayonez va smetana bilan aralashtiring. Salatga qo‘shing va aralashtiring. Salatni dasturxonga tortishdan oldin ko‘katlar bilan bezating.

Krevetkali olivye

photo 02 314

Kerakli masalliqlar:
kartoshka — 4 ta;
tozalangan krevetka — 300 gr;
tuxum — 4 dona;
tuzlangan bodring — 1 dona;
bodring — 1 dona;
ko‘k piyoz — bir bog‘;
mayonez — 120 gr;
tuz — ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanishi: Krevetkani qaynating va sovutib oling. Qaynatilgan kartoshka, tuxum, bodring va ko‘k piyozni to‘g‘rab oling. Barcha mahsulotlarni idishga soling, ta’bga ko‘ra qayla va tuz qo‘shing. Agar sizga yoqsa, salatga bir qoshiq soya sousi qo‘shishingiz mumkin. Salatni dasturxonga tortishdan oldin yaxshilab aralashtiring.

Qizil baliq go‘shti qo‘shib tayyorlanadigan olivye

photo 03 215

Kerakli masalliqlar:
kartoshka — 5 dona;
qizil baliq go‘shti — 300 gr;
bodring — 2 dona;
muzlatilgan yashil no‘xat — 200 gr;
sariyog‘ — 30 gr;
mayonez — 120 gr.
Tayyorlanishi: Kartoshkani qaynating, sovutib oling va tozalang. Kartoshka, qizil baliq go‘shti va bodringni kub shaklida kesib oling. Qizdirilgan idishda sariyog‘ni eritib, no‘xatni qovuring, salqin joyga qo‘ying. Barcha mahsulotlarni idishga soling va mayonez bilan aralashtiring. Salatni dasturxonga tortishdan oldin ko‘katlar bilan bezating.

Vegetariancha olivye

photo 04 139

Kerakli masalliqlar:
kartoshka — 5 dona;
tofu — 100 gr;
tuxum — 4 dona;
tuzlangan bodring — 1 dona;
bodring — 1 dona;
sabzi — 1 dona;
konservalangan no‘xat — yarim quti;
konservalangan makkajo‘xori — yarim quti;
piyoz — 1 ta;
mayonez — 150 gr;
tuz — ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanishi: Sabzi, kartoshka va tuxumini qaynatib oling. Piyozni maydalang, kartoshka, sabzi, tuxum, tofuni ham to‘g‘rang. No‘xat va makkajo‘xori idishidagi suyuqlikni to‘kib tashlang. Barcha mahsulotlarni idishga doling, mayonez va tuz bilan aralashtiring. Qo‘shimcha ravishda, salatga murch qo‘shishingiz mumkin.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.