Mashhurlar
Aziza Yoqubova erini xiyonatda ushlab oldi
Taniqli aktrisa, boshlovchi va instabloger Aziza Yoqubova sobiq eri va noyabr oyidan buyon farzandlariga enagalik qilib yurgan qiz bilan munosabatlari haqida bilib qoldi. Bu haqida u Instagram sahifasida maʼlum qildi.
Uning aytishicha, eri va yosh enaga Aziza Yoqubova uyda yoʻqligida yashirincha uchrashib yurishgan. Shuningdek, aktrisa yarashmayotganligi uchun ikki bolasi va hayoti bilan tahdid qilayotgan erini ichki ishlar xodimlari qoʻliga topshirishini aytdi.
“– Hammaga rahmat, men haqimda qaygʻurayotganlar. Har bittangizni yozganlaringizni oʻqiyapman. Lekin hozir javob yozadigan ahvolda emasman. Borilarga shukur hammanglarni. Maslahatilar uchun ham rahmat. Meni ezilyapti, sevadi deb xato oʻylamanglar, men undan qutulganimga shukr qilaman. Allohning oʻzi meni yomon insonlardan himoya qilyapti. Bu himoyani men yana bir bor his qildim. Alhamdullilah, Allohim, oʻzinga shukurlar boʻlsin”, – deydi akrtisa.
Shu bilan birga u enagasi va sobiq eri haqidagi gaplarni ham ochiqladi.
“– Yaqinda uyimga enaga olgan edim. Sobiq erim bilan ikki kun oldin liftga chiqqanida orqasini ushlaganini, ikkalasi bir-biriga boshqacha qaraganini koʻrdim. Oʻsha kundan beri kuzatdim. Uyimdagi kamerani ochdim. Bir biriga kley. Eng qizigʻi men ketganimda uyimga kelib yurarkan. Bugun shaytonsifat sobiq erimni reklama profilida yozishganini ushab oldim. Erimku mayli, Allohdan qoʻrqmagan, lekin birovni non tuzini yeyayotgan, birovni uyida ishlab pul topayotgan Namangan viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumani, *** (u bu yerda enaganing toʻliq manzilini yozgan – tahririyat) da yashovchi Mamajonova Oydinxonni vijdoniga qoyil qoldim. SMS larni oʻqib yoqa ushladim. Qiz bola nomi bilan birovni oilasiga kirib non tuzini yeb haromxoʻrlik qilgan ikkita shaytonni Allohga kifoya qildim. Meni ikki bolamni uvoli ursin. Men allaqachon yuragimdan oʻchirganman. Endi kelib menga zoʻravonlik qilib, bolamni bahona qilib qadamini bossa, qonunan chora koʻraman. Uyimdan chiqqan narsalarni, Oydinxon olib bergan baklajkalarni ekspertizaga topshiraman. Har gal yarashmasam ikkita bolam va hayotim bilan tahdid qilayotgan iflos sohta domla qiyofasidagi maxluqdan qonuniy ximoya soʻriman. Birovni nonini yeb, uyida yashab, oylib eri bilan oʻynashib yurgan qiz, ayollarni tarbiya bergan ota-onasiga ming lanat boʻlsin. Shu kunlarda nikoh oʻqitaylik deb qoʻymayotgan koʻzboʻyamachidan Alloh yana bir bor ximoya qildi. Xar doim oʻgʻlini baxonasi bilan yashagan noinsof endi qadamini bosib koʻrsinchi”, – deydi aktrisa.
Avvalroq Aziza Yoqubovaning sobiq eri uni majburlab mashinaga solib, olib qochganligini aytgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi