Buxoro yangiliklari

Buxoroda qiyshiq qurilgan “dom”ning quruvchisi xonadon egasiga bosim qildi (audio)

photo 980

Loading

Kuni kecha Telegram dagi “Potrebitel Buxara” kanalida Buxoro shahridagi ko‘p qavatli uylarning biridagi qiyshiq qurilgan uyning surati e’lon qilindi. Ushbu suratni xonadon egasi “dom” ni qurgan tashkilotga bir necha marta qilgan samarasiz murojaatidan so‘ng yuborgan. Shunga qaramay hech bir o‘zgarish bo‘lmagan.

Bugun esa xonadon egasi va mas’ul shaxsning audiosi tarqaldi. Unda bir necha shaxslar xonadon egasiga bosim qilib, dag‘-dag‘a qilish, so‘kinish holati yozib olingan. Marhamat, qolganini o‘zingiz eshiting…

Vaziyat o‘ta jiddiyligi yaqqol ko‘rinmoqda. Shu o‘rinda mazkur ko‘p qavatli uyning qiyshiq qismini tuzatib qo‘yib, ushbu vaziyatdan silliqqina chiqib ketish mumkin edi. Qolaversa, suhbatdan ayon bo‘lishicha, uyning yuqori 8-qavati noqonuniy qurilgan. Ya’ni, ushbu ko‘p qavatli uy 7 qavat ko‘rinishda “vvod” qilingan. Keyin esa 8-qavat ovozli yozuvvda aytilgandek “yuqori talab paydo bo‘lganligi” uchun qurilgan…

Xullas, Buxoro viloyat prokuraturasi va sohaga aloqador tashkilotlar nafaqat nazoratga olishi balki, aniq va konkret chora ko‘rgan holda munosabat berishi kerak.

(c) Buxoroisharif.uz internet OAV tahririyati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.