O‘zbekiston
Prezident 2023-yil nomini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qildi. Yil nomi prezidentning bugun, 20-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qilindi.
“– Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz? Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik. Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz”, – dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, har yilgi prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi – mamlakat hayotida muhim voqeadir. Murojaatnomada yilning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar hamda oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek, kelayotgan yangi yilning nomi ham e’lon qilinadi. Bu yilning oxirida ham shu an‘anaga sodiq qolindi.
O‘zbekistonda har bir yilni hayotning maʼlum bir sohasiga bag‘ishlash an’anasi 1997-yildan buyon amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘tgan yillarga qanday nomlar berilgandi?
1991-yil — Alisher Navoiy yili;
1992-yil — Hamshiralar yili;
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili;
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili;
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili;
1996-yil — Amir Temur yili;
1997-yil — Inson manfaatlari yili;
1998-yil — Oila yili;
1999-yil — Ayollar yili;
2000-yil — Sog‘lom avlod yili;
2001-yil — Ona va bola yili;
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili;
2003-yil — Obod mahalla yili;
2004-yil — Mehr-muruvvat yili;
2005-yil — Sihat-salomatlik yili;
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili;
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili;
2008-yil — Yoshlar yili;
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili;
2010-yil — Barkamol avlod yili;
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili;
2012-yil — Mustahkam oila yili;
2013-yil — Obod turmush yili;
2014-yil — Sog‘lom bola yili;
2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili;
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili;
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili;
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili;
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili;
2020-yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili;
2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili;
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi