O‘zbekiston

Qozog‘iston prezidenti nega O‘zbekistonga kelmoqda?

photo 983

Loading

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko‘ra davlat tashrifi bilan 21-, 22-dekabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqida kuni kecha rasman xabar qilindi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida ikki qadrdon davlatlar yetakchilari bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Kun tartibidan O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni ilgari surish, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, faol hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish kabi masalalar ham o‘rin olgan.

Uchrashuvlar yakunida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.