Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda yana bir saksovul o‘g‘risi qo‘lga tushdi

photo 991

Loading

Kecha, 20-dekabr kuni Gʻijduvon tumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi, – deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Reyd tadbiri davomida fuqaro N. N. cho‘l hududidan saksovul butalarini hech qanday ruxsatsiz sindirib olib kelayotganganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi, 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 500 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 5 040 000 so‘m belgilandi.

Ushbu saksovul butalari tumandagi 76-sonli DMTT ga beg‘araz yordam sifatida topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat bo‘ylab kunduzgi va tungi kuchaytirilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.