Jahon
Afgʻonistonda qizlarning universitetda oʻqishi taqiqlanmoqda
Ayni damda Afgʻonistonni boshqaruvchi “Tolibon” harakati mamlakat universitetlaridan qizlar uchun darslarni to‘xtatishni talab qilmoqda, – deya xabar berdi “Assosiated Press” agentligi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, xotin-qizlarning universitetda o‘qishini taqiqlash to‘g‘risidagi qaror hukumat yig‘ilishida qabul qilingan. Afg‘oniston oliy taʼlim vaziri Ziyoulla Xashmiyning bayonotida ushbu taqiq davlat va xususiy OTM lar tomonidan imkon qadar tezroq joriy etilishi lozimligi qayd etilgan.
AQSh davlat departamenti “Tolibon” lar ning ushbu qarori sabab, unga qarshi choralar koʻrilishi haqida ogohlantirdi.
Eslatib oʻtamiz, “Tolibon” harakati 2021-yilning avgustida hokimiyatga qaytganidan so‘ng universitetlarda erkaklar va ayollarning alohida o‘qitish tizimini joriy etgandi. O‘tgan yilning sentyabrida esa afg‘on qizlarining maktabga borishi taqiqlandi.
Avvalroq internetda Afgʻoniston hukumati qizlar uchun qalin puli berilish amaliyotini bekor qilgani va bu orqali koʻpxotinlikka sharoit yaratib berilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi