O‘zbekiston
Prezident 4 ta vazirlikni qisqartirib yubordi. Yangilangan vazirliklar bilan tanishing
Prezident farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab Hukumatga bo‘ysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora to‘liq tugatilmoqda.
Yangilangan vazirliklar ro‘yxati:
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
3. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
5. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
6. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
7. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
8. Tabiat resurslari vazirligi;
9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
11. Suv xo‘jaligi vazirligi;
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi;
13. Adliya vazirligi;
14. Transport vazirligi;
15. Madaniyat va turizm vazirligi;
16. Mudofaa vazirligi;
17. Energetika vazirligi;
18.Sog‘liqni saqlash vazirligi;
21.Tashqi ishlar vazirligi;
22. Ichki ishlar vazirligi;
23. Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Tugatilayotgan davlat boshqaruvi organlari ro‘yxati:
1. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi – Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, sanoatni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari esa Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
2. Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
4. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi – vazifa va funksiyalari Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
5. Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;
6. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilmoqda;
7. Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi – vazifa va funksiyalari Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazilmoqda;
8. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;
9. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;
10. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi – vazifa va funksiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda;
11. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
12. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investisiya loyihalarini ishlab chiqish markazi – vazifa va funksiyalari Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilmoqda;
13. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovasion sog‘liqni saqlash milliy palatasi – vazifa va funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasida ham qisqartirishlar amalga oshirildi.
Endilikda Bosh vazir o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida vazir yoki boshqa rahbarlik lavozimini egallamaydi hamda vazirliklar va boshqa davlat idoralari faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarmaydi.
Hukumatda amaldagi 8 nafar Bosh vazir o‘rinbosari va 3 nafar Bosh vazir maslahatchisi lavozimlaridan faqat 4 nafar Bosh vazir o‘rinbosari qoldirilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida vazir yoki boshqa rahbarlik lavozimini egallamaydi hamda vazirliklar va boshqa davlat idoralari faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarmaydi.
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida amaldagi 269 ta shtatdan 120 tasi qoladi. Bunda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo‘limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limidan iborat Vazirlar Mahkamasi apparati tugatilmoqda.
Uning o‘rniga Hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan ta’minlaydigan Bosh vazir kotibiyati tashkil qilinmoqda.
Vazirlarning siyosiy maqomi, vakolatlari, Prezident, parlament va jamoatchilik oldidagi siyosiy mas’uliyati hamda javobgarligi keskin oshirilmoqda. Ularning sohaga ajratiladigan mablag‘larni ishlatishdagi mustaqilligi belgilanmoqda.
Shuningdek, ajratilgan mablag‘lar va umumiy shtat birligi doirasida vazirlarga o‘z tuzilmasini mustaqil belgilash vakolati berilmoqda.
Vazirlar konstitutsiyaviy maqomidan foydalangan holda, Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan tizim joriy etilmoqda. Ya’ni, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar vazirlar ishtirokida muhokama qilinib, kollegial hal etiladi.
Sodda qilib aytganda, vazirlar:
– yangi qaror loyihalarini o‘zlari ishlab chiqadi;
– qaror loyihasining dolzarbligi, tashkiliy-moliyaviy mexanizmlari va kutilayotgan natijalarini Hukumat a’zolari oldida o‘zlari himoya qiladi.
Vazirlik va idoralarning funksiyalari qayta ko‘rib chiqilib, bir-birini takrorlaydiganlari qisqartiriladi. Bunda, xususiy sektorga o‘tkazilayotgan davlat funksiyalari kamida 3 barobarga ko‘paytiriladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi