Buxoro yangiliklari
Olotda nima bo‘ldi?
Joriy yilning 24-dekabr kuni Olot tumanidagi 34-umumta’lim maktabida “Milliy armiyamiz — Yangi O‘zbekistonning mustahkam qolqonidir” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi, – deya xabar bermoqda Milliy Gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati.
Tadbirda tuman hokimi N. Ne’matova boshchiligidagi rahbarlar, Milliy gvardiya, Buxoro garnizoni harbiylari, tuman Qo‘riqlash bo‘limi, Mudofaa bo‘limi, FVB, va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishib, “Sog‘lom hayot yo‘lida 5 000 qadam” shiori bilan tashkil etilgan yurish marafoni bilan tadbirni ochib berdilar.
“Olot tumanida tashkil etilgan ushbu tadbir yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga shubhasiz, katta hissa qo‘shadi” — Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi ofitseri, kapitan Oxunjon Isoqov.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning chiqishlari yig‘ilgan jamoatchilikka ko‘tarinki ruh va yaxshi kayfiyat bag’ishladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu kabi tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usining shakllanishida muhim omil hisoblanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi