Salomatlik

Nima uchun qishda shapka kiyish muhim?

photo 1020

Loading

Sovuq ob-havo sochlarga ta’sir qiladimi? Qishda shapka kiymasa, nima bo‘ladi, kabi savollar tashqarida havo harorati -5°C gacha tushishi bilan tashvishga sola boshlaydi. Biz mutaxassis bilan birgalikda ushbu savollarga javob izladik.

Qish mavsumi nafaqat yuz va tana terisi uchun, balki bosh uchun ham kuchli stressdir. Sovuq shamol, qahraton, doimiy harorat o‘zgarishi — bu sochlarning holatiga bevosita ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ularni himoya qilish uchun parvarish mahsulotlarini o‘zgartirish yetarli emas, shapka kiyish ham kerak.

Past haroratlarda qon tomirlarining diametri vaqtincha pasayadi, bu normal trofizm (oziqlanish) ni buzadi. Bu soch o‘sishi fazasini qisqartirishi mumkin. Buning asosiy oqibatlari — tolalarning oziqlanmasligi, ularning mo‘rtligi va oxir-oqibat to‘kilishiga olib keladi. Bunday holda, shapka kiyish, albatta, eng yaxshi parvarishdir.

Ammo sovuq ob-havo yagona sabab emas. Qishda teri va sochning namlik darajasi pasayadi, shuning uchun quruq va qattiq bo‘lib qoladi, bu esa tolalarning holatiga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun uyda optimal mikroiqlimni saqlash kerak. Namlik 40-60% oralig‘ida, harorat esa 20°C — 22°C darajagacha bo‘lishi kerak. Albatta, kundalik parvarish uchun namlovchi shampun va niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi.

Albatta, sovuq havoda bosh kiyim kiyish kerak. Ammo bosh terisiga havoga kirishini ta’minlash bir xil darajada muhimdir, shuning uchun uyda bosh kiyim kiyish yaxshi variant emas.

Bundan tashqari, shapka bosh hajmiga aniq mos kelishi, sochlarda betartiblik yaratmasligi va kiyish uchun qulay bo‘lishi muhimdir. Shapkaning materialga e’tibor berish lozim. Sintetika qo‘shilmagan tabiiy matolarga ustunlik berish katta ahamiyatga ega.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.