Buxoro yangiliklari

Qorako‘l dehqon bozoridagi transformatorga noqonuniy ulanish holati aniqlandi

photo 1024

Loading

Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi yordamida elektr energiyasidan belgilangan tartib qoidalarga xilof ravishda foydalanib kelayotgan iste’molchilar aniqlanib, holatga huquqiy baho berilmoqda.

Shuningdek, tizimga mos dastur imkoniyatlaridan kelib chiqib, aniqlangan noqonuniy ulanishlar joyiga chiqib o’rganilmoqda va tegishli tartibda qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda.

Kuni kecha soha mutaxassislari tomonidan ana shunday holatlardan biri aniqlandi. Jumladan, Qorako‘l tumanidagi Dehqon bozoriga tegishli transformator punkti ko‘zdan kechirilganda, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi hamda qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi.

Iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun esa qayta hisob-kitob o‘tkazildi va to‘lov summasini undirish choralari ko‘rildi, deya xabar bermoqda “Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.