Texnologiyalar

Endi YouTube haqoratli izohlar uchun foydalanuvchilarni bloklaydi

photo 1034

Loading

yaqin orada YouTube videoplatformasi tarmoqda bildirilgan haqoratli izohlar uchun foydalanuvchilarga nisbatan chora ko‘rishni boshlaydi.

Birinchi martasiga izohlarda haqoratli so‘zlarni yozgan foydalanuvchilarga nisbatan avval ogohlantirish beriladi va agar bu yana takrorlanadigan bo‘lsa, sharh muallifi bir kunga bloklanadi. Dastlab yangi funksiya faqat xizmatning ingliz tilidagi segmentida ish boshlaydi.

Agar tizim foydalanuvchining bir nechta sharhlarini haqorat bilan o‘chirib tashlagan bo‘lsa, unga ogohlantirish beriladi va takroriy qoidabuzarliklar bo‘lsa, 24 soat davomida bloklanadi. YouTube ga ko‘ra, bunday choralar foydalanuvchilarning shu kabi harakatlarini takrorlash ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.

Shuningdek, platforma 2022-yilning birinchi yarmida 1 100 000 000 dan ortiq spam-sharhlarni o‘chirib tashlaganligi haqida xabar beran. Platforma ishlab chiquvchilairning aytishicha, YouTube xizmatlari bunday xabarlarni tanib olish va yo‘q qilishda tobora yaxshilanib bormoqda.

Kelajakda esa ppam-xabarlar nafaqat videolar ostidagi sharhlarda, balki jonli chat bo‘limlarida ham o‘chiriladi. Taxminlarga ko‘ra, bu sun’iy intellektga asoslangan dastur yordamida amalga oshiriladi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.