Buxoro yangiliklari

Kogon shahridagi bozorda “paq-paqa” chi qoʻlga olindi

photo 168 1

Loading

Joriy yilning 27-dekabr kuni Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan navbatdagi reyd oʻtkazildi.

Unda Kogon shahrining “Eski bozor” hududida soat 12:00 lar atrofida nomaʼlum shaxs o‘zini shubhali tutganligi sababli, to‘xtatilib tekshiriladi.

Natijada, uning qo‘lida bo‘lgan 1 dona oq rangli politilien paketda 12 blok (8 blok 60 quti “Britanik”, 4 blok 4 quti “Treniya”) pirotexnika vositalari borligi ayon boʻladi va mazkur 1 440 000 so‘mlik ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida belgilangan tartibda hujjatlashtirib olinadi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv orqali qoʻlga tushgan fuqaro Kogon shahrining Arabxona ko‘chasida yashovchi J. T. ekanligi oydinlashadi.

Ayni damda holat yuzasidan masʼul tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.