Buxoro yangiliklari
“Oilamiz bilan TV koʻrib oʻtirgan paytimizda birdaniga kuchli portlashga oʻxshash ovoz eshitdik” – Buxorodagi «Dr. Vosiev» klinikasi yonida joylashgan bino shikastlangan
Bir necha soat oldin internetda Buxoro shahrining viloyat Endokrinologiya dispanseri (“Saxarniy”) ga tutash Nizomiy koʻchasida qurilishi tugallanmagan koʻp qavatli binoning 7-qavati qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu hodisaga viloyat FVB boshqarmasi munosabat bildirildi.
Qayd etilishicha, qurilishda belgilangan qoidalarga amal qilinmagani sabab rama konstruksiyaning to‘sin qismida buzilish yuzaga kelgan.
FVB xabariga ko‘ra, aytilgan manzilga hodisa yuz bergan kuni barcha masʼul tashkilotlar mutaxassislari yetib borgan.
“– Aslida vaziyat shunday bo‘lgan, 27 dekabr kuni Ibn Sino ko‘chasida qurilayotgan 7 qavatli uyning 7-qavati oraliq qismida bo‘lgan 3 dona beton plita qulab tushgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
Mazkur obyekt qurilishida ishlab chiqarish texnologiyasiga, xavfsizlik talablariga rioya qilinmaganligi aniqlangan. Bu haqida Qurilish vazirligi maʼlumot berdi.
Texnik nazoratchining obyekt qurilishi davomida o‘ziga yuklatilgan nazorat ishlarini vaqtida amalga oshirmaganligi, loyiha nazoratchisi tomonidan belgilangan kalendar reja-jadval asosida nazorat tadbirlarini olib borilmaganligi hamda belgilangan mustahkamlikka ega bo‘lmagan to‘sin (rigel) ga ortiqcha yuklanishni berilishi sababli, mazkur rama konstruksiyaning to‘sin qismida buzilish yuzaga kelgan.
“– Oʻsha kuni kun boʻyi mayin yomgʻir yogʻib oʻtirgandi. Oilamiz bilan kechki ovqatdan soʻng TV koʻrib oʻtirgan paytimizda birdaniga kuchli portlashga oʻxshash ovoz eshitdik. Keyin hammamiz yugurib tashqariga chiqdik. Qarasak, qoʻshnilarimizning deyarli barchasi shunday qilgan. Ular yer qimirladi, – deb oʻylashgan” – deydi qurilishi tugallanmagan binononing orqasida joylashgan 203-koʻp qavatli uyda yashovchi aholi vakillaridan biri.
Shuningdek, ushbu hodisa oqibatida bino yaqinida joylashgan boshqa koʻp qavatli uyning tom qismi hamda uy egalari oʻrnatgan konditsioner tizimiga zarar yetkazilganligi aytilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mazkur obyekt yonida buxoroliklarga uzoq yillardan buyon oʻzining malakali tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi bilan tanish boʻlgan «Dr. Vosiev» klinikasi joylashgan.
Izoh: Yuqoridagi suratda bino qurilishi boshlanishi jarayonida olingan holat boʻlib, u 2019-yilda suratga olingan. Ikkinchi surat esa, 2022-yilda olingan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi