Buxoro yangiliklari

Jondorda 2 milliard 870 million soʻmga 14-maktabning yangi binosi qurib, foydalanishda topshirildi

photo 175 1

Loading

Kuni kecha Jondor tumanidagi 14-umumta’lim maktabning yangi o‘quv binosi qurilib foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari, mahalla faollari hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi, – deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

210 nafar oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlariga mo‘ljallangan yangi binoning qurilishi uchun 2 milliard 870 million so‘m sarflandi. Ushbu mablagʻ hisobidan shuningdek, mavjud o‘quv binosining tom qismi ham taʼmirlandi va issiqlik qozonlari yangilandi.

Aytish joizki, maktabning yangi binosi qurilishi “Obod qishloq” Davlat dasturi doirasida bajarildi.

Endilikda mazkur maktabda 850 nafar o‘quvchilarning bir smenada tahsil olishlari ta’minlandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.