Buxoro yangiliklari

Bugun ertalab G‘ijduvondagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

photo 1039

Loading

Bugun, 7-yanvar kuni soat 05:20 da G‘ijduvon tumanidagi “Degrezon” mahallasi, Degrezon ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Soat 05:23 da voqea joyiga yetib borib, hudud soat 05:45 gacha qurshab olingan va yong‘in soat 07:50 da to‘liq bartaraf etilgan.

Buxoro viloyati FVB axborot xizmati rahbari Mirjon Fayzulloyevning bildirishicha, yong‘in bartaraf etilgach, uning oqibatida zarar yetgan hudud 400 metr2 maydondan iborat.

“– Kuchli yong‘in oqibatlarini bartaraf etish jarayonida dastlab 250 metr2 maydon yongan, deya taxmin qilingan edi. Biroq, changli va burqsigan tutun, ustiga-ustak olovning balandligi yong‘in zabt etayotgan maydon hududini aniqlashda halal bergan”, – dedi FVB axborot xizmati rahbari M. Fayzulloyev.

photo 02 332

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan atroflicha o‘rganishlar davomida 2 qavatli savdo majmuasining “B” blokidagi savdo do‘konlarining 960 m2 maydonda joylashgan 61 ta do‘kon va ichidagi jihozlar (oziq-ovqat, kiyim-kechak va parfumeriya buyumlari) yongan.

Qutqaruvchilarning say-harakatlari natijasida savdo majmuasining “B” bloki yerto‘la qismidagi 64 ta savdo do‘koni hamda majmuaning 6 000 m2 maydondagi A, B bloklaridagi yerto‘la qismi va 1-qavatdagi jami 256 ta savdo do‘konlari yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ayni damda FVB ekspertiza vakillari yong‘inning kelib chiqish sabbalari o‘rganilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.