Buxoro yangiliklari

Vobkentdagi “metan-zapravka” lar 26 mlrd so‘mdan ko‘proq gazni o‘g‘irlagan

photo 1042

Loading

Joriy yilning 5-yanvardan 6-yanvarga o‘tar kechasi viloyat huquq-tartibot organlari hamda «O‘zneftgazinspeksiya» mutaxassislari hamkorligida viloyatdagi ayrim metan gaz yoqilg‘i quyish shaxobchalarida o‘rganishlar o‘tkazildi.

Bunda “Dildora” MChJ, “Osiyo Buxoro gaz” MChJ, “Norboyev Sherzod Yunusovich” MChJ (Vobkent tumani), “Grant gaz servis” MChJ (Buxoro shahri), “Real ximik” MChJ (Buxoro tumani) larning jami 6 ta metan quyish shoxobchachalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida, “Dildora” MChJ va “Osiyo Buxoro gaz” MChJ larga qarashli 3 ta shaxobchalarga kelgan tabiiy gaz quvurlariga o‘rnatilgan «Avtopilot-PRO» rusumli gaz hisoblash uskunasidagi mavjud implyus turubkasi mahkamlanganda gaz o‘tish harakati pasayishi natijasida, haqiqatdan gaz diafragmasidan o‘tayotgan gaz hajmi sun’iy ravishda kamaytirilgan holda ko‘rsatilishiga erishilganligi aniqlandi.

Buning oqibatida, “Dildora” MChJ ga qarashli 2 ta shaxobcha tomonidan davlatga 11,1 mlrd so‘mlik (11 162 880 m3) hamda “Osiyo Buxoro gaz” MChJ ga qarashli shaxobcha tomonidan 15,1 mlrd so‘mlik (15 153 603 m3), jami 26,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazib, tabiiy gaz yashirin ravishda talon-toroj qilingan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 4-qismi bilan ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.